Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov ishtirokida ishchi guruh tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni o‘rganish maqsadida “Progress and Result” xususiy maktabi faoliyati o‘rganildi.
🏫 O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishildi.
🌟 Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi, o‘z qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar e’tiborga olindi.
📈 Ta’limga berilgan e’tibor — yurt kelajagiga kiritilgan eng muhim sarmoyadir!