Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Shodlik mahallasida kambag‘al oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati O.Aliqulov Shodlik mahallasi hokim yordamchisi bilan birgalikda mahalladagi Kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqaro bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida fuqaroning ijtimoiy holati o‘rganilib, oilaning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqaroni daromadli mehnat bilan band qilish va oilaning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2