Новости

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “20-Mirzaobod” saylov okrugi deputati R.Amanova, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Mirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalardan birining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida YTT Akrov Asliddin Usmonaliyevich tomonidan amalga oshirilayotgan “Paranda maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash va otish xizmatini tashkil etish” loyihasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Mazkur loyiha bugungi kunda to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

🔹 Loyiha doirasida 7 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.

O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish faoliyati, yaratilgan sharoitlar va loyiha samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Yakunida tadbirkorga loyihani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4