Новости

Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “21-Samarqand” saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev hududidagi “Saidobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlandi.

📌 Mazkur qarorga muvofiq, mahalla hududidagi “Mexnotobod” ko‘chasining 300 metr qismini asfaltlash belgilangan edi. Bugungi kunda ushbu vazifa doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘liq yakunlanib, ko‘chaning mazkur qismida asfalt qoplamasi yotqizildi.

✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘chada transport vositalari harakati uchun qulayliklar yaratilib, aholining kundalik qatnovi uchun mavjud sharoitlar yaxshilandi.

Slide 1 of 5