Новости

Mahallalarda aholi muammolari “xonadonbay” o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tuman hokimligi hamda tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida tumanning “Barraj”, “Ko‘kto‘nli” mahallalarda aholining turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔻O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, ijtimoiy ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash hamda ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Muloqotlar chog‘ida fuqarolar tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan har bir murojaatga individual yondashish, fuqarolarning ijtimoiy holatini chuqur o‘rganish, moddiy yordamga ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va har bir masala yuzasidan amaliy natijaga erishish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3