Новости

QIZLAR — KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARI

#deputat_faoliyati
#deputat_va_yoshlar

🌸 QIZLAR — KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARI

Paxtakor tumani Bog‘ishamol mahallasida qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z. Shodmonov, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Djabbarova, ekspert va yoshlar guruhi a’zolari hamda Xalq banki vakillari ishtirok etdi.

Suhbat davomida qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Qizlarni qo‘llab-quvvatlash — jamiyat kelajagiga qo‘yilgan muhim qadam!

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz ✅

Web-sayt | Telegram | YouTube | Instagram |Facebook

Slide 1 of 5