Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi faoliyati
Deputat so‘rovi va fuqaro murojaati:
Murojaat mazmuni: Tuman Kengashi deputati Muhabbat mahallasi aholisi bilan uchrashuvda fuqaro T. Raximovning ishsizligi yuzasidan qilgan murojaatini o‘rgandi.
Deputat tashabbusi: Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshlimi Z. Raxmonov nomiga rasmiy deputat so‘rovi yuborilib, fuqaroni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish va ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Qonuniy muddat: Qonunchilikka muvofiq, ushbu so‘rov 10 kun ichida ko‘rib chiqilib, asoslantirilgan tushuntirish berilishi belgilandi.
Har bir fuqaro bandligini ta’minlash va murojaatiga o‘z vaqtida yechim topish – doimiy nazoratimizdadir!