Новости

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda
Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holati tuman Kengashi deputati X. Saidova tomonidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolarning murojaatlari va tibbiy yordam olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2