Новости

🗑 Deputat nazorati: “Fidokor” mahallasida chiqindi tashish holati o‘rganildi

🗑 Deputat nazorati: “Fidokor” mahallasida chiqindi tashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati N.Norqulov tomonidan “Fidokor” MFY hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etishga doir “24 talik” tavsiyalar (indikatorlar) asosida olib borildi. Deputat tozalik va sanitariya talablariga rioya etilishi, maxsus texnikalarning belgilangan reja-grafik asosida kelishi holatini bevosita tahlil qildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli ekologik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tozalik korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3