Новости

🗑 Deputat nazorati: "Chorshanba bozori"dagi chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi o‘rganilmoqda

🗑 Deputat nazorati: "Chorshanba bozori"dagi chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tomonidan hududdagi "Chorshanba bozori" va unga tutash maydonlarda to‘planib qolayotgan chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazilmoqda.
O‘rganishdan maqsad — bozorda toza va sanitariya talablariga javob beradigan muhitni ta’minlash hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xizmat ko‘rsatish korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2