Новости

Kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda

❗️ Kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda

Qonun (O‘RQ–1135-son, 2026-yil 20-aprel) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

✏️ Unga ko‘ra, kam ta’minlangan shaxslar muayyan ish bo‘yicha qo‘llangan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda, davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

✔️ Mazkur norma fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda Konstitutsiyaviy sudda malakali yuridik yordamdan foydalanishni ta’minlaydi.

🗓 Yuridik yordam so‘rovi “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali, fuqaro iltimosiga asosan Konstitutsiyaviy sud tomonidan yuboriladi.

📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Slide 1 of 1