Новости

DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN MUHOKAMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN MUHOKAMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi yakunlangach, Kengash raisi, deputat R.Isakov rahbarligida deputatlar ishtirokida deputatlik faoliyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, joylardagi muammolarni aniqlash va ularga yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida har bir deputatning mas’uliyatini oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 4