35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

🏛 FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

👤 Xalq deputatlari tuman Kengashiga 23-Ijtimoiyat saylov okrugidan saylangan deputat D. Qo‘shnazarov tomonidan tuman FHDY bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va qulayligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, hujjatlarni rasmiylashtirishda qonuniylik va belgilangan tartiblarga rioya etilishi, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
📌 Deputat tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Maqsad — aholiga qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish.