Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida kutubxonaning umumiy holati, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kitoblardan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxonadan foydalanish faolligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarni badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qilishga jalb etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, kutubxona faoliyatini mazmunan boyitish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini kitob mutolaasi bilan samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kutubxona fondini zamonaviy va dolzarb adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning kitobga qiziqishini oshirish hamda ta’lim jarayonida kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash va kitobxonlikni keng targ‘ib etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.