Xalq deputatlari Koson tumani Kengashining VII-29-194-4-60-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida faol nuroniylar ishtirokida quyidagi muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
🔹
Daromad manbalarini yaratish:
Tomorqalardan samarali foydalanish, koʻchma doʻkon, kichik ishlab chiqarish uskunalari va texnikalarni boʻlib тўlash sharti bilan ijaraga berish orqali oilalar daromadini oshirishga koʻmaklashiladi.
🔹 Yoshlar va ta'limni qo'llab-quvvatlash:
Kambagʻal oila farzandlari hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktiriladi. Oʻquvchilar oʻquv qurollari, kiyim-kechak hamda qoʻshimcha toʻgaraklar bilan ta'minlanadi.
🔹 Sog'lom turmush tarzi va sport:
Mahallalarda piyoda yurish madaniyati, tozalik va sanitariya holatini yaxshilash targʻib qilinadi. Keksalar uchun sport tadbirlari tashkil etilib, transport xarajatlari qoplab beriladi.
🔹 Ahillik va qadriyatlar:
Oila va mahallalarda oʻzaro hamjihatlik, milliy qadriyatlar va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari mustahkamlanadi.
📌 Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorakda tuman Kengashiga hisobot berib boriladi.