35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Mashrabayeva va kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 12-Toshkesar saylov okrugi hududidagi “Toshkesar” mahallasida hokim yordamchisi Sh.Gaziyevning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘al oilalar daromadini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

“Toshkesar” mahallasida bugungi kunda 3 878 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi 594 ta xonadonda 1 012 ta oila yashaydi. Yil davomida aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish yo‘nalishida 184 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Hokim yordamchisi faoliyati doirasida oilaviy tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlarda 6 ta loyiha amalga oshirilib, ularga jami 162 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Natijada 196 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Ularning 91 nafari doimiy, 87 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 18 nafari esa mavsumiy ish bilan ta’minlangan.

O‘rganishda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi natijalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yil davomida 19 ta oilaning daromadini oshirish hisobiga ularning kambag‘allikdan chiqishiga erishilgan.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham amaliy choralar ko‘rilgan. Jumladan, 2 nafar kambag‘al oilaga ssuda asosida zarur asbob-uskunalar berilgan. Nogironligi bo‘lgan 3 ta kambag‘al oilaga esa jami 50,9 million so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratilgan.

Deputatlik o‘rganishi davomida mahallada tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning ishlari ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xususan, YATT Mamadullayev Muhammadjon tomonidan xo‘jalik mollari savdosi, YATT Aripov Azamatjon Adahamovich tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi hamda avtomobillarni ta’mirlash, YATT Abdurahimov Mirozidjon Mirobidjon o‘g‘li tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi, YATT Isakov Validjan Azimjonovich tomonidan esa avtomoyka xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani o‘rganildi.

Mazkur tadbirkorlik faoliyatlari mahallada aholi uchun daromad manbalarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga xizmat qilayotgan amaliy tashabbuslar sifatida qayd etildi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyatining natijalari bilan bir qatorda, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbalariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan bunday o‘rganishlar mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning real holatini baholash, raqamlar ortidagi natijalarni ko‘rish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5