O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tahlil qilindi.
Jumladan, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ularni bandlikka jalb etish, daromad manbalarini yaratish hamda mavjud muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori.