35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan o‘zi saylangan hudud — “Bog‘bon” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi. Nazorat tadbiri davomida hokim yordamchisi Bakirov Doniyor Ravshan o‘g‘li tomonidan mahalla aholisini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💼 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kredit mablag‘lari
Hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, “Mahalla loyihasi” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida tijorat banki bilan hamkorlikda 10 nafar fuqaroga jami 220 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.
Mazkur mablag‘lar aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va oilaviy biznesni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
 Kasb-hunarga o‘qitish — barqaror daromad sari qadam
Shuningdek, mahalladagi 7 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilib, vaucher asosida ta’lim olgan. Ular o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan.
 Bandlikni ta’minlash borasida natijalar
Joriy yilning 8 oyi davomida mahallada 25 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan, yana 175 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu loyihalar o‘z faoliyatini boshlagani qayd etildi.
 Asosiy maqsad — aholi daromadini oshirish va barqaror bandlikni ta’minlash
Nazorat tadbiri yakunida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ajratilgan kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshirilgan mikroloyihalarning natijadorligini muntazam monitoring qilib borish hamda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 Aholining daromadini oshirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish — mahallada kambag‘allikni qisqartirishning muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 7