35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Saylovchilar bilan uchrashuv va hududdagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ham ishtirok etib, deputatga amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida, avvalo, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va hududni rivojlantirish, mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

️Shu bilan birga, mahalla hududidagi infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga ham e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4