35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

KENGASH DOIMIY KOMISSIYALARI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

KENGASH DOIMIY KOMISSIYALARI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 14-sentabrdagi VII-34-120-7-101-K/26-son qarori bilan Kengash huzuridagi ayrim doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 31-oktabrdagi KQ–846-IV-son qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizom hamda Kengash doimiy komissiyalarining tegishli takliflari asosida qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Kengashning ayrim doimiy komissiyalari shaxsiy tarkibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tarkib 1–3-ilovalarga muvofiq tasdiqlandi. Kengash huzuridagi boshqa doimiy komissiyalar tarkibi esa o‘zgarishsiz qoldirildi.
📍 Doimiy komissiyalar tarkibining yangilanishi deputatlarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, masalalarni chuqur o‘rganish va Kengash vakolatlari doirasida deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.