35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

339-SON QAROR IJROSI O‘RGANILDI

 339-SON QAROR IJROSI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 339-son qarori ijrosi bilan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tarbiyaviy profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda jamoat tarbiyachilari faoliyati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
🤝 Mas’ullar bilan suhbat davomida qaror talablari ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va voyaga yetmaganlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
📍 Deputatlik nazorati — qonun va qarorlar ijrosini joyida o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan muhim mexanizm.

Slide 1 of 1