35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan  okrugdagi  “Beshkappa” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuvda mahallada “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ularning mavjud muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Xususan, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarning mavjud imkoniyatlarini aniqlash, ularning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan har bir oilaning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib individual va manzilli ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini muntazam tahlil qilib borish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Uchrashuvdan so‘ng deputat “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda mahalla hududiga chiqib, oilalarning holatini bevosita joyiga borib o‘rgandi.
📌 O‘rganish davomida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, bandlik holati, mavjud daromad manbalari  bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.
📌 Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammo va ehtiyojlari tinglandi. Har bir oilaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.
📌 Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
📌 O‘rganish yakunida  aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadlarini oshirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
➡️Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ularning ijrosi, oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va erishilayotgan natijalar monitoringi davom ettiriladi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va farovonligini oshirish borasidagi amaliy ishlar joylarda izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4