35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

BUYUK TURON MAHALLASIDA ASOSIY YO‘LLAR ASFALTLANADI

 BUYUK TURON MAHALLASIDA ASOSIY YO‘LLAR ASFALTLANADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
📍 Buyuk Turon MFY hududidagi Harbiylar va Dehqonobod ko‘chalarining aholi eng ko‘p qatnov qismi, shuningdek, maktab va bog‘chaga boradigan asosiy yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqiziladi.
🔹 Ajratilgan mablag‘: 1 mlrd 647 mln 562,5 ming so‘m
🔹 Moliyalashtirish manbasi: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi DM
🔹 Amalga oshirish: tender asosida
Mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun muhim sharoit yaratadi. Yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi hududning obodonlashuviga ham xizmat qiladi.
🇺🇿 Fuqarolar tashabbusi — obod mahalla, ravon yo‘llar va xavfsiz harakat sari amaliy qadam!