35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

GUMBAZ MAHALLASIDA KO‘CHALAR ASFALTLANADI

GUMBAZ MAHALLASIDA KO‘CHALAR ASFALTLANADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
📍 Gumbaz MFY, Yangi dehqon qishlog‘idagi Sherobod ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqiziladi.
🔹 Ajratilgan mablag‘: 1 mlrd 647 mln 720 ming so‘m
🔹 Moliyalashtirish manbasi: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi DM
🔹 Asos: loyiha-smeta hujjatlari
🔹 Amalga oshirish: tender asosida
Mazkur loyiha natijasida Sherobod ko‘chalarining yo‘l qoplamasi yaxshilanib, mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratiladi.
🏘 Fuqarolar tashabbusi — obod mahalla va ravon yo‘llar sari amaliy qadam!