35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “G‘ishtli masjid” MFY, Zarbhona ko‘chasi 39-uyda yashovchi fuqaro Abduhamidova Gulbonu murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro G.Abduhamidova farzandi Qambarov Jasurbek ichak peritonitidan keyingi holat bo‘yicha kasal ekanligi hamda oilaning moddiy ahvoli og‘ir ekanligi sababli, bepul davolanishi uchun yo‘llanma so‘rab murojaat qilgan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Abduhamidova Gulbonuning farzandi Qambarov Jasurbekning bepul davolanishi uchun yo‘llanma berish masalasida yordam ko‘rsatish hamda belgilangan tartibga ko‘ra qanday ishlar amalga oshirilishi mumkinligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2