DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANISH
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova, Kengash deputatlari O. Artiqova va D. Sattorovalar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Rahimova hamkorligida ishchi guruh tuzilib, tuman markazida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylardagi liftlarning texnik va foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida liftlarning ishlash holati, ulardan foydalanishdagi mavjud muammolar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.