35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

QONUN IJROSI — MAHALLADAGI FAOLIYAT SAMARADORLIGINING MUHIM MEZONI

QONUN IJROSI — MAHALLADAGI FAOLIYAT SAMARADORLIGINING MUHIM MEZONI
Tuman Kengashi raisi A. Zikiryayev O‘smat mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-350-son talablarining ijrosi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.
Uchrashuv davomida mahalla fuqarolar yig‘inining aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishdagi ishtiroki, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda jamoatchilikning faolligi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
Mazkur Qonun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda fuqarolar yig‘inlari faoliyatining qonuniylik, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mustaqillik va ijtimoiy sheriklik kabi asosiy prinsiplari belgilab berilgan.

Slide 1 of 3