35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

YUNUSOBOD TUMANIDA TASHQI REKLAMALAR HOLATI O‘RGANILDI

Tumandagi tashqi reklama va axborot vositalarining amaldagi talablar asosida joylashtirilishi yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi. O‘rganish jarayonida ko‘cha va jamoat joylaridagi reklama bannerlari, peshlavhalar hamda turli e’lonlarning mazmuni, davlat tilidan foydalanilishi va tashqi ko‘rinishi ko‘rib chiqildi.

✅Mazkur ishlar davomida deputat Kengash raisi R. Yusupov tomonidan aniqlangan holatlar tahlil qilinib, reklama joylashtirishda qonunchilik, til me’yorlari va hududning umumiy estetik qiyofasiga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-son hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi 167-I-son Qonunlari talablari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1