35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
🔎 Saylovchilar murojaatlari o‘rganilmoqda


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Sherobod tumani “Hududgazta’minot” filialida saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan tashkilot rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📋 Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar, xususan, gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 🔎 Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

✅ Saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarning ijrosi va ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5