35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Ish samaradorligi va tizimlilik – bosh mezon

📌 Ish samaradorligi va tizimlilik – bosh mezon

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bugun tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda bosh mutaxassislar ishtirokida joriy davr uchun ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Unda ish unumdorligini oshirish va ish hajmini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida haftalik hamda kunlik ish rejalari belgilab olindi.
Ushbu rejalar doirasida kotibiyat xodimlarining mas'uliyati, yuklatilgan topshiriqlar ijrosi va hududiy muammolarni hal etishda Kengash deputatlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish choralariga e'tibor qaratiladi.
Rejali yondashuv – barcha belgilangan maqsadlarga tizimli va muvaffaqiyatli erishishning garovidir.

Slide 1 of 2