35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

URUG‘CHILIK SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI TIZIMLI TASHKIL ETILMOQDA

URUG‘CHILIK SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI TIZIMLI TASHKIL ETILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.
📋 Deputatlik nazoratini tizimli va manzilli tashkil etish maqsadida maxsus savolnoma ishlab chiqildi. Unda urug‘lik yetishtirish uchun ajratilgan maydonlar, ekinlarning nav va avlodlari, aprobatsiya ishlari, nav tozaligi, urug‘lik sifati, kasallik va zararkunandalardan zararlanish holati, tegishli hujjatlarning yuritilishi hamda belgilangan talablarning ijrosi kabi muhim masalalar qamrab olindi.
👥 Mazkur savolnoma asosida ishchi guruh tomonidan joylarda amaliy o‘rganishlar tashkil qilinadi.