4-BAND IJROSI: TADBIRKORLIK VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash va aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.
📍 Shu doirada deputat X.Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida hokim yordamchisining mahalla aholisi bilan olib borayotgan ishlari, xonadonbay yondashuv asosida muammolarni aniqlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi amaliy faoliyati bilan tanishildi.
💰Mahalladan tushayotgan soliq tushumlari holati ko‘zdan kechirilib, ularning shakllanishi va dinamikasiga e’tibor qaratildi.