35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

34-SESSIYA: OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI HISOBOTI TINGLANMOQDA

34-SESSIYA: OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI HISOBOTI TINGLANMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 34-sessiyasi kun tartibidagi to‘rtinchi masala — Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi texnikalardan foydalanish hamda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarining holati yuzasidan hisobot eshitilmoqda.
🎙 Mazkur masala bo‘yicha hisobot berish uchun so‘z Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Juraev Bekzod Shavqiddinovichga berildi.
📌 Hisobot davomida boshqarma tasarrufidagi maxsus texnikalarning holati va ulardan foydalanish samaradorligi, ichki yo‘llarni saqlash, ta’mirlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
🔎 Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ko‘rib chiqiladi.