35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Eshon qal’a mahallasi faollari bilan hamkorlikda mahalladagi Eshonfala ko‘chasining yo‘l va ko‘prik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida yo‘l qoplamasi, ko‘prikning umumiy holati hamda aholi uchun foydalanish qulayligi ko‘zdan kechirildi.
📋 Shuningdek, mazkur hududda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar muhokama qilindi.
🤝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l va ko‘prik holatini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish hamda masalani deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

Slide 1 of 4