35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

YER, SOLIQ VA BOSHQA MASALALAR: MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Nafisaxon Elchiyeva hamda Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev “Jo‘ra A/F” agrofirmasi rahbari Alijon Jo‘rayevning murojaati asosida Farg‘ona shahri, Kimyogarlar ko‘chasi, 6-uy manzilida o‘rganish olib bordi.
➡️ O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan yerga oid nizoli masala, soliq qarzdorligi hamda boshqa muammolar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
📌 Bunday masalalarda faqat bir tomonning fikri bilan xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Har bir holatning huquqiy asosi, tegishli hujjatlar, yerga oid ma’lumotlar va soliq majburiyatlari vakolatli tashkilotlar tomonidan atroflicha o‘rganilishi lozim.
✅ Shu bois, aniqlangan masalalar tegishli tashkilotlar ishtirokida qonunchilik talablari asosida o‘rganilib, yakuniy natijalar bo‘yicha murojaatchiga ma’lum qilinadi.
Slide 1 of 4