35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

NON — DASTURXONIMIZ KO‘RKI, AHOLI XONADONINING BIRLAMCHI EHTIYOJI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi Kotibiyat mudiri F.Hojiyev shahardagi oilaviy non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nonvoyxonada bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida nonvoyxonadagi ishlab chiqarish jarayoni, foydalanilayotgan xomashyolar, mavjud asbob-uskunalar, mahsulotlarning sifati va tayyor mahsulotlarni saqlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Nonvoyxona faoliyati davomida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan non va turli xil non mahsulotlari tayyorlanayotgani, mahsulotlarning sifatiga e’tibor qaratilayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, ish joylarining sanitariya holati, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan jihozlarning sozligi hamda non mahsulotlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aholini sifatli, mazali va hamyonbop non mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorda narxlar barqarorligini saqlash hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

 Bunday o‘rganishlar, avvalo, aholi dasturxonida sifatli va xavfsiz mahsulotlar bo‘lishini ta’minlash, tadbirkorlar faoliyatidagi mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashishga qaratilgan.

🌾Zero, xalqimiz dasturxonining fayzi bo‘lgan nonning sifati va narxi har bir xonadon uchun muhimdir.

Slide 1 of 3