Bugun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan kunlik ish rejasida belgilangan vazifalar doirasida deputatlik nazorati, hududlardagi mavjud masalalarni o‘rganish hamda aholi manfaatlari bilan bog‘liq yo‘nalishlarda qator amaliy ishlar olib borildi.
📍 Hududlarda o‘rganishlar davom ettirildi:
🔹 16-Zarband saylov okrugi hududidagi Zarband va Beshbola mahallalarida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalla raisi va “mahalla yettiligi” faoliyati hamda mavjud muammolar o‘rganildi;
🔹 25-Qayirma saylov okrugi hududidagi Qayirma mahallasida jinoyatchilikning oldini olish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlaridagi ishlar o‘rganildi;
🔹 14-Bahrin saylov okrugi hududidagi Bahrin mahallasida elektr energiyasi ta’minoti va aholini qiynab kelayotgan infratuzilmaga oid masalalar o‘rganildi;
🔹 20-Mitan saylov okrugi hududida, jumladan, Xonaqa va Qo‘chqor Qarshiyev mahallalarida aholi bilan bog‘liq ijtimoiy masalalar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi;
🔹 17-Yangikent saylov okrugi hududidagi Bo‘ston mahallasida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ta’lim muassasasidagi sharoitlar va yoshlar bilan ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
⚖️ Shuningdek, 19¹-modda hamda #162_qonun yo‘nalishlari doirasida qonunchilik hujjatlarining joylardagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.
📌 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va takliflar tegishli tartibda qayd etilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.
🤝 Kengashning ish rejasi asosida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlardagi real holatni aniqlash, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)