35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

QONUN TARG‘IBOTI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘RQ-682-son mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📚 Tadbir davomida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, ularni ishlab chiqish, qabul qilish, e’lon qilish va amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonun hujjatlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni, qonuniylik va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🤝 Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1