35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

### **Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi**

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Zarbdor mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Matyaqubova Rayhon Davronbekovna bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida Farovon ko‘chasi 57-uyda yashovchi Xudayberganova Barno Ilhomboevna xonadoniga kiyim-kechak, Gulbog‘ ko‘chasi 19-uyda yashovchi Allaberganova Inobat xonadoniga oziq-ovqat mahsulotlari berilgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur oilalarni ijtimoiy reyestrdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan mahalla hokim yordamchisiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish tavsiya etildi. Xonadonlarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va oilaviy daromadni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1