35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-sonli qarori asosida Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi hududida barpo etilayotgan 1-tip Oilaviy poliklinika qurilish ishlari Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati ishchi guruhi a'zolari F.Abdusattorov, Sh.Tursunqulov Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bugungi kunda poliklinika binosining tayanch qismlari qurilib, asosiy qurilish ishlari boshlanganligi aniqlandi. Mazkur zamonaviy tibbiyot muassasasi 150 o‘rinli bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarining belgilangan loyiha talablari asosida olib borilishi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Poliklinikani joriy yilning 5-dekabr kuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4