35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

🏛 Shahar Kengashi sessiyasida kun tartibidagi beshinchi masala — shaharda 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati yuzasidan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i J. Jumanazarovning hisoboti tinglandi.

🎓 Hisobotda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy va munosib shart-sharoitlar yaratish, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish hamda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🏫 Shahardagi 4 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv xonalari, moddiy-texnik baza va mavjud infratuzilmani yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

📊 Ta’lim muassasalarining jami loyiha quvvati 3 832 o‘rinni tashkil etadi. 2026–2027-o‘quv yilida maktablarda 3 420 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olishi kutilmoqda.
👩‍🏫 246 nafar pedagog umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritmoqda. Ularning 43 nafari oliy, 55 nafari birinchi, 48 nafari ikkinchi malaka toifasiga ega.

🌐 Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yaxshilash maqsadida 26 nafar xorijiy til o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda. Ularning barchasi xalqaro yoki unga tenglashtirilgan milliy darajadagi sertifikatlarga ega.

🎯 Bitiruvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va bandligini ta’minlash borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
🎓 2025–2026-o‘quv yilida 235 nafar 11-sinf bitiruvchisining 177 nafari oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan. Qolgan 58 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🏅 Shuningdek, 96 nafar bitiruvchi 153 ta xalqaro va milliy darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritgan.
♿️ Inklyuziv ta’limni rivojlantirish doirasida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab 1- va 3-maktablarda inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
🧒 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilish uchun shahardagi maktablarga jami 420 nafar o‘quvchi uchun qabul kvotasi tasdiqlangan. Qabul jarayonlari belgilangan tartibda davom etmoqda.

🔨 Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash doirasida 3-maktabda “Tashabbusli budjet” loyihasining birinchi mavsumida ajratilgan 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ hisobidan o‘quv xonalari va koridorlarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

📅 Ta’mirlash ishlarini 2026-yil 20-avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

✅ 1-, 2- va 4-maktablar esa yangi o‘quv yilini boshlash uchun tayyor holatga keltirilgan.

📌 Sessiyada yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratish hamda pedagoglar salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1