35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

19-BAND IJROSI: 124-maktab kutubxonasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 19-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Altibayeva tomonidan Novchandir mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan 124-sonli umumta’lim maktabining kutubxonasi holati ko‘zdan kechirildi.

Kutubxonaning o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlari, mavjud adabiyotlar, kitob fondi hamda undan samarali foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, maktab kutubxonasini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va mutolaa uchun qulay sharoitlarni yaratish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3