35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Doimiy komissiya va fermerlar Kengashi o‘rtasida hamkorlik

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi X. Sulaymonova tomonidan tuman Fermerlar Kengashi bo‘limida hamkorlik ishlari olib borildi.

Hamkorlik davomida tumandagi fermer xo‘jaliklari faoliyati, qishloq xo‘jaligida mavjud masalalar, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda agrar sohadagi muammolarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fermerlarning murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2