Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Gayipova tomonidan Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Viloyat kutubxonasi, madaniyat muassasalari va muzeylar faoliyati oʻrganildi.
📝Oʻrganish davomida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
📚 Moddiy-texnik baza va fond holati: Bugungi kunda kutubxonada 640 500 dan ziyod kitob mavjud boʻlib, ularning sonini 1,5 millionga yetkazish rejalashtirilgan.
👥 Kitobxonlar qamrovi: Kutubxona aʼzolari soni 34 500 nafarni tashkil etadi. Eʼtiborlisi, ularning orasida hatto Pokiston va Hindistondan kelgan kitobxonlar ham bor.
📝 Mavjud muammolar va yechimlar: Shahar aholisiga xizmat koʻrsatadigan alohida shahar kutubxonasi mavjud emasligi asosiy muammo sifatida koʻrib chiqildi. Ushbu masalani hal etish yuzasidan deputatlik soʻrovi chiqarilishi belgilandi.
📣 Madaniy tadbirlar tashkili: Mahalla yoshlari va aholisini madaniy hordiq chiqarish hamda kitobxonlikka keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Tashrif yakunida masʼullarga madaniyat maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.