35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA

Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari 20-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya kun tartibidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi o‘rin olgan. Mazkur masala doirasida ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga puxta tayyorlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda. Tibbiyot, ta’lim va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida zarur shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining sozligi hamda mavsum davomida uzluksiz faoliyatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sessiya yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilanib, mavsumni betalafot o‘tkazish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi nazarda tutilmoqda.

Slide 1 of 3