35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Deputat — aholi orasida, muammolar joyida o‘rganilmoqda

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xayrulla Po‘latov “Beshbola” mahallasi hududida bo‘lib, ko‘chalarda aholi bilan bevosita muloqot qildi.

❗️ Suhbat davomida fuqarolar mahalladagi mavjud holat, hududdagi sharoitlar hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

✅ Deputat aholi tomonidan bildirilgan masalalarni joyida tinglab, ularning holatini ko‘zdan kechirdi va ko‘tarilgan muammolarni qayd etdi.

📌 Bildirilgan murojaat va takliflar deputatlik faoliyati doirasida o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaat qilish belgilandi.

🤝 Aholi bilan bevosita muloqot — muammoni eshitish emas, uni joyida ko‘rish va yechimini izlash imkonidir.

Slide 1 of 1