35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

“Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida

“Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida

📌 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xayrulla Po‘latov tomonidan “Beshbola” mahallasi hududidagi sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi.

❗️ O‘rganish davomida mahalla hududidagi umumiy foydalanish joylari, ko‘chalar va ayrim hududlarda tozalik hamda obodonlashtirish ishlarining holatiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

✅ Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, hududning sanitariya holatini yaxshilash, tozalikni ta’minlash va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1