📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Baxrom Xudoyarov "Yangi davr" mahallasida aholi bilan bevosita uchrashib, hududda amalga oshiriladigan obodonlashtirish ishlari yuzasidan tushuntirishlar olib bormoqda.
🤝 Muloqot davomida fuqarolarga o‘zlari istiqomat qilayotgan manzillarda hududni tartibga keltirish, tozalik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🌳 Deputat aholi bilan birgalikda mahallaning har bir hududida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, yashash muhitini yanada yaxshilash va hududni ozoda saqlash masalalariga e’tibor qaratmoqda.