35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ural Muhammadiev tomonidan "Fidoyilar" mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga Yashnobod tumani hokimligi tomonidan javob taqdim etildi.

📌 Javob xatida deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalalar mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgani qayd etilgan. O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy foydalanish hududlarida sanitariya-tozalik ishlarini tashkil etish, yashil hududlarni sug‘orish, pod’ezdlarni joriy ta’mirlash hamda irrigatsiya tarmoqlarining texnik holati tahlil qilingan.

📋 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga hududlarni muntazam obodonlashtirish, sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish, ko‘kalamzorlashtirish, irrigatsiya tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Slide 1 of 1