35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA

XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan xotin-qizlar qabuli o‘tkazildi.

📈 Mamlakatimizda xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda muammolariga manzilli yechim topish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

🤝 Qabul davomida hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning murojaatlari ochiq va samimiy tarzda tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan imkon qadar amaliy yechimlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish va mutaxassislar vakolatiga kiruvchi murojaatlar esa tegishli soha mutaxassislariga yo‘naltirildi.

🎯 Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda har bir ayolga manzilli va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni belgilashdan iborat.

⚖️ Shu bilan birga, murojaatlarni ko‘rib chiqishda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid qonunchilik talablariga alohida e’tibor qaratildi.

✨Xalq murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida!

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 4